«Barselona» prezidentligiga nomzod stadionga Messining nomini berishni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361
«Barselona» prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'ygan Emili Ruso saylovda g'olib chiqsa, jamoaning uy stadioni hisoblangan "Kamp Nou"ning nomini Lionel Messining sharafiga o'zgartirish niyati borligini ma'lum qildi.
"Messining shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakuniga etadi. Ammo u jahon futboli va "Barselona"ning tirik afsonasi hisoblanadi. Men direktorlar kengashiga stadion nomini "Kamp Nou Leo Messi"ga o'zgartirishni taklif qilaman", — dedi Ruso.
33 yoshli Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub safida 742ta uchrashuvda maydonga tushib, 640ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!