"Tottenxem" "Inter" himoyachisiga 50 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 399
Italiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Londonning «Tottenxem» klubi «Inter» himoyachisi Milan Shkrinyarning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
«Shporlar» 25 yoshli slovakiyalik futbolchining transferi uchun 50 million evro sarf qilishga tayyor. Biroq, «neradzurrilar» uning transferidan 60 million ishlab olish niyatida.
Xabarda aytilishicha, Frantsiyaning «PSJ» klubi ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq, Shkrinyarning o'zi «Tottenxem» variantini ko'rib chiqishni ma'qul ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!