APL klubi "Yuventus" futbolchisi uchun 26 million funt taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324
Daily Express nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo jamoasini o'zgartirishi mumkin.
25 yoshli frantsiyalik futbolchiga Angliyaning «Nyukasl» klubi davogarlik qilmoqda va Raboni 26 million funt sterlingga sotib olishi mumkinligi haqida rasmiy taklif yubordi. Futbolchining o'zi esa hozircha jamoasini o'zgartirish niyatida emasligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» va «Everton» klublari ham Raboga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum frantsiyalik futbolchi "Yuventus"ning 7 ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!