Pokerga erishgan Xoland jamoa bosh murabbiyidan xafa ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 885
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland «Gerta» (5:2) ustidan Bundesliganing 8-tur doirasida qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng jamoa bosh murabbiyi Lyusen Favr bilan nima haqida gaplashganini aytib berdi. Ushbu bahsda norvegiyalik hujumchi 4 ta gol kiritdi va 85-daqiqada almashtirib yuborildi.
«To'g'risini aytganda, o'yindan keyin Favr mendan nechta gol urganimni so'radi. U menga uchta gol urdingmi, dedi. Men esa, yo'q, to'rtta, bor-yo'g'i to'rtta, chunki siz meni zahiraga oldingiz, dedim. Shu sababli, men biroz sizdan xafaman dedim», — deb Xoland hazilomuz tarzda javob qaytardi ESPN jurnalisti bergan savolga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!