"Milan" futbolchisiga xaridor ko'payib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 691
Italiyaning «Milan» klubi futbolchisi Xakan Chalxanogluga A Seriyaning uchta etakchi jamoalari davogarlik qilmoqda. Bu FCInterNews portali xabar bermoqda.
«Yuventus», «Inter» va «Napoli» klublari turkiyalik futbolchi bilan yanvar oyida shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi. Transfermarkt portali Chalxanogluning transfer narxini 23 million evro atrofida baholamoqda.
O'z navbatida «Milan» klubi o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Turkiyalik futbolchining "Milan" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!