«Inter» Kievda muammoga duch kelishi mumkin - «Shaxtyor»ning asosiy futbolchilari safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1546
Donetskning «Shaxtyor» klubi o'zining rasmiy sayti orqali jamoaning umumiy mashg'ulotlariga besh nafar asosiy futbolchilar qaytganini e'lon qildi.
Stepanenko, Patrik, Matvienko, Tayson va Bolbatlar koronavirusdan tuzalishdi va jamoaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etishga ruxsat olishdi. Barcha futbolchilar Evropa chempionlari ligasi doirasida Italiyaning «Inter» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvda maydonga tushadi.
«Shaxtyor» EChLning birinchi turini Madridda o'tkazdi va sensatsion tarzda «Real» klubini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'sha uchrashuvda ukrainaliklar deyarli ikkinchi tarkibi bilan harakat qilgandi.
«Inter»ga qarshi uchrashuv 27 oktyabr kuni Kiev shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!