Eto'O France Football nashrini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188
Kamerunlik mashhur sobiq futbolchi Samuelyu Eto'Oga "France Football"ning futbol tarixida borasida tuzib chiqqan ramziy terma jamoasi yoqmadi.
"Barselona", "Inter", "Chelsi" va bir qator klublarning sobiq futbolchisiga ushbu ramziy terma jamoada o'ng qanot hujumchi sifatida gavdalangani ma'qul kelmadi.
"Rahmat, biroq, men o'ng qanot hujumchisi sifatida 1 yoki 2 yil o'ynaganman, xolos. Faoliyatimning 25 yili markaziy hujumchi sifatida o'tkazganman. Bu hurmatsizlik. France Football, bu so'rovnomang bema'nilik!", - deb post qoldirdi Eto'O o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!