Shota Arveladze: "Yigitlar barchasini yaxshi uddalashmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244
"Qizilqum" bilan bellashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Shota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Oxirgi marta uyda iyul oyida o'ynagandik. Rosa uch oydan keyin yana o'z maydonimizda harakat qildik. Yigitlarga tig'iz taqvimga qaramay, yaxshi o'yin namoyish etishayotgani uchun rahmat aytaman. Biz bu mavsum deyarli har uch kunda o'ynayapmiz, bundan keyin xam taqvimimiz shunday. O'yinni yaxshi boshladik, gol urdik. Keyin esa baribir kichik xatolarga yo'l qo'ydik. Charchoq o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ikkinchi bo'limda hujumlarni kuchaytirdik va vaziyatlardan ikkitasidan unumli foydalandik.
Terma jamoa safaridan futbolchilar o'tgan kuni tunda qaytib kelishdi. Bungacha Qatarda, keyin BAAda engil bo'lmagan sharoitda istiqomat qilishdi. Bunday paytda to'g'ri ovqatlanish, mashq qilish, tiklanish zarur. Ular buni juda yaxshi uddalashmoqda. Keyingi o'yinlarga yanada yaxshiroq holatda bo'lamiz deb o'ylayman.
Hozircha O'zbekiston Kubogining qanday formatda o'tishini bilmaymiz. Lekin futbolchilar uchun kamroq o'yinlar bo'lsa yaxshiroq. Dam olish, tiklanishga ko'proq vaqt bo'ladi. Qolaversa, yigitlar kelasi mavsumda ham "Paxtakor" va terma jamoalar uchun o'ynashadi. Shu sababli pley-offdan iborat uchrashuvlar vaziyatga nisbatan ideal bo'ladi deb o'ylayman.