APL Underni "Lester"ga o'tishiga qarshilik qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421
Avvalroq Angliyaning «Lester» va Rimning «Roma» klublari Jengiz Underning transferi borasida o'zaro kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Biroq, Jengiz Under o'z milliy terma jamoasiga etarlicha maydonga tushmagani uchun APL bu transferga ta'qiq qo'yishi mumkin.
APL reglamentiga ko'ra, Under o'z terma jamoasi tarkibida o'tkazgan o'yinlarining 75 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Biroq, futbolchida bunday ko'rsatgich yo'q, chunki, u ko'proq vaqtini jarohat bilan o'tkazib, terma jamoasiga yordam bera olmagan.
Bunday holatda qaror APL tarafidan qabul qilinadi. Shu bois, Under Buyuk Britaniyada ishlash huquqini ola olmasligi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!