"Liverpul" sobiq futbolchisi: «Alkantara "Liverpul"ning ishonchini oqlay olmasligi mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194
"Liverpul" klubining germaniyalik sobiq futbolchisi Ditmar Xamanning fikricha, Tyago Alkantaraning transferidan hali xursand bo'lishga erta. Shuningdek, u Angliya bilan Germaniya chempionatlari orasida farq katta ekanligini aytib o'tdi.
«Agar o'tgan mavsumning oxirlarida «Bavariya»ning barcha futbolchilari o'zlarining ajoyib sport formalarida bo'lganida, u holda Tyagoga bo'lgan ishonch kam bo'lar edi va u o'ynamagan bo'lardi. U Bendjamin Pavar EChL finalida o'ynay olmaganida o'ynadi, Yozua Kimmix o'ng qanot himoyasiga o'tganidan keyin o'ynadi.
«Angliya futboli Germaniyanikiga qaraganda tezkorroq. U APLga moslashib ketishiga amin emasman. Kelinglar, uning kelganiga xursand bo'lishdan avval o'yinlarini kuzataylik», — dedi Xamann.