Usmon Dembelega APL etakchisi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260
SPORT portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Liverpul» klubi Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda.
«Qizillar» frantsiyalik futbolchining transferi borasida "Barselona" klubiga so'rovnoma yubordi.
Xabarda aytilishicha, "mersisaydliklar" 23 yoshli frantsiyalik futbolchini ijaraga olmoqchi va keyinchalik sotib olish huquqini o'zlarida saqlab qolmoqchi. Ushbu bitimning amalga oshishini Yurgen Kloppning shaxsan o'zi istamoqda.
Yakuniga etgan mavsumda Dembele "Barsa" tarkibida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritdi. Qolgan vaqtini jarohatini davolash bilan o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!