«PSJ» prezidenti jamoaga Simeoneni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Frantsiyaning «PSJ» klubi xo'jayini Nosir Al-Xelayfi jamoaga bosh murabbiy sifatida «Atletiko» ustozi Diego Simeoneni olib kelmoqchi.
Garchi, germaniyalik murabbiyi Tomas Tuxel o'tgan mavsumda jamoani EChL finaligacha olib kelgan bo'lsa-da, klub prezidenti "PSJ" aynan Simeone qo'l ostida EChL g'olibiga aylanishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Simeone «Atletiko» klubini 2011 yildan berib boshqarib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida «matraschilar» ikki marta Evropa Ligasini, ikki marta UEFA Superkubogini,bir marta Ispaniya chempionligi, Kubogi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!