Mourino "Sautgempton"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
Portugaliyalik mutaxassis o'zining yorqin fikrlari bilan matbuot anjumanlarini bezashda davom etmoqda.
"Tottenxem"ning "Sautgempton" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida Mourinodan safga qaytgan Dele Alli haqida so'rashdi.
«Siz mendan Dele haqida so'radingiz, lekin men Bolgariya olib ketmagan o'sha etti nafar futbolchi haqida nima deyishim mumkin? Menga jamoamdagi futbolchilarning soni unchalik ham yoqmaydi. Vaziyat bilan kurashish qiyin, chunki, futbolchilar juda ko'p.
APLda etti nafar futbolchi zahirada bo'lishi mumkin? Ajoyib qaror, boshqa nimayam deyish mumkin… O'ylaymanki, zahirada to'qqiz nafar futbolchining bo'lishi rotatsiya va hozirgi paytdagi vaziyatda dam olish uchun imkoniyat yaratgan bo'lardi», – dedi Mourino.