Klublar o'rtasidagi JCh o'tkazilmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176
2020 yilning dekabr oyida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tishi kerak. Ayni paytda ushbu turnir bekor bo'lishi xavf ostida turibdi. Koronavirus sababli, klublar Qatarga etib borish borasida yo'nalishlarda muammoga duch kelishi mumkin.
«Ushbu musobaqa dekabr oyida bo'lib o'tishi ehtimoli juda kam. Ko'plab konfederatsiyalar bu vaqtda o'z qit'a chempionatlarini yakunlashga ulgurmaydi. Shu sababli, ushbu turnirni keyingi yilning boshida xuddi shu erda o'tkazishni o'ylayapmiz», – dedi Infantino.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining amaldagi g'olibi «Liverpul» sanaladi. Bu safargi turnirda Evropadan Myunxenning «Bavariya» klubi ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!