Tyago Alkantara «Bavariya» bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 672
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara myunxenliklar rahbariyati, futbolchilari va muxlislari bilan xayrlashish maqsadida maktub yo'lladi.
"Ha, men faoliyatimdagi eng qiyin qarorni qabul qildim. Ushbu mo''jizakor klubdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Men bu jamoada so'nggi 7 yil davomida futbolchi sifatida o'sdim va rivojlandim.
Myunxenga o'smir paytimda kelib, barkamolga etgan o'yinchi sifatida ketayotganimdan faxrlanaman. Bu erda: shaharda va sevimli "Alyants-Arena"mizda men va oilam fantastik vaziyatlarni boshdan kechirdik.
Mening qarorim faqat sport bilan bog'liq. Futbolchi sifatida o'sishga erishishim uchun menga yangi sinovlar kerak. Lekin Myunxen hamisha o'z uyim bo'lib qoladi. Katta rahmat, "Bavariya"!, - deya yozdi Tyago Twitter orqali.
Eslatib o'tamiz, Tyago 2013 yilda "Barselona"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. Bundesliganing joriy mavsumida u 24ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, Alkantara faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi kutilmoqda.