AQShliklar APL klubini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576
AQShlik biznesmenlar Angliyaning «Vest Xem» klubini sotib olish uchun 400 million funt taklif qilishdi.
Biroq, klubning hozirgi xo'jayinlari - Devid Gold va Devid Sallivanlar ushbu taklifni darhol rad etdi.
AQShlik tadbirkorlar Sallivan va Goldlarga oktyabr oyida yangilangan taklif yuborishmoqchi.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, «Vest Xem» premer-ligada arang jon saqlab qoldi. «Bolg'achilar» muxlislari Gold va Sallivanlarga nisbatan ochiqchasiga qarshilik qilishmoqda va jamoani sotib yuborishlarini talab qilishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!