Erkin Baydullaev «Qizilqum»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449
O'tgan mavsumdan e'tiboran AGMK sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi Erkin Baydullaev 1 yillik faoliyatdan so'ng AGMKni tark etdi.
Erkin Baydullaev o'tgan yil yozgi transfer oynasida «Qizilqum»dan olmaliqliklar safiga o'tgandi. Roppa-rosa 1 yil AGMKda o'ynagan Baydullaev barcha musobaqalarda jamoa safida 22 o'yin o'tkazib, 2 gol muallifiga aylandi.
Joriy yozgi transfer oynasida esa «Qizilqum» klubi tayanch yarim himoyachimiz Erkin Baydullaevning transfer huquqini sotib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi va tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra, AGMK Baydullaevni navoiyliklarga transfer qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!