Seten va Abidalning iste'fosi qachon e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421
17 avgust, dushanba kuni «Barselona» klubi direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tadi.
Unda jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning iste'fosi borasida qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Rahbariyat bu borada bir qarorga kelib bo'lgan.
Shuningdek, klubning rahbar lavozimidagi ba'zi shaxslari ham iste'foga chiqarilishi kutilmoqda. Jumladan, «Barselona» sport direktori Erik Abidal ham o'z lavozimidan ozod etiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Setenni bosh murabbiy lavozimiga aynan Abidal taklif etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!