Matyuidi «Yuventus»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469
Yarim himoyachi Blez Matyuidi «Yuventus»ni tark etdi. 33 yoshlining turinliklar bilan shartnomasi yakuniga etdi.
Frantsiyalik futbolchi "Yuve" safida 3 mavsum to'p tepib, 5ta sovrinni qo'lga kiritdi. U faoliyatini AQShda davom ettirishi kutilmoqda. Uning yangi jamoasi Devid Bekxem egalik qiladigan «Inter Mayami» klubi bo'ladi.
Matyuidi «Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo rejasidan o'rin olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!