Modrich yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 897
Tajribali yarim himoyachi Luka Modrich "Real" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Modrich "qirollik klubi"ga qiyin moliyaviy vaziyatda yordam berishga va ish haqini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor. Modrichning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha hisoblanadi.
O'tgan mavsumda Modrich La Ligada 31 o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!