«Fiorentina» va uning xo'jayini haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245
"Bloomberg Billionaires Index"ga ko'ra, "Fiorentina" sohibi Rokko Kommisso "A Seriya" klublariga egalik qiluvchilar ichida eng badavlati ekan, u bu ro'yxatda "Inter"ga egalik qiluvchi "Suning Group" rahbari Chjan Tszindonni ortda qoldirgan.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko'ra futbol klublari xo'jayinlari ichida eng badavlati "Real Ovedo" egasi Karlos Slim. Uning boyligi 45 milliard AQSh dollaridan ortiq. Undan keyingi o'rinlarda 38 milliard dollari bilan "Renn" xo'jayini Fransua Pino va boyligi salkam 16 milliardni tashkil etuvchi "Chelsi" sohibi Roman Abramovich.
Rokko Kommissoning umumiy boyligi 9 milliard dollar atrofida baholangan. U "A Seriya"ning eng badavlati bo'lgani holda, umumiy reytingda 7-o'rinda.
"Suning Group" rahbari Chjan Tszindon umumiy reytingda 9-o'rinda, "A Seriya"da esa ikkinchi. Umumiy boyligi 7,52 milliard dollar.
"Milan" klubi sobiq xo'jayini Silvio Berluskoni 7 milliardi bilan umumiy reytingda o'ninchi pog'onada. U hozirda egalik qiluvchi "Montsa" klubi esa endigina "B Seriya"ga chiqdi.
"Yuventus" rahbari Andrea Anelli va "Milan"ning hozirgi egasi "Elliott Management" boshlig'i Pol Zinger esa dunyoning eng boy 500 odami ro'yxatiga kira olishmagan.