Shamil Gazizov:«Ufa»da O'runov borasida 5-6 million evrolik taklif bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274
«Ufa» klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov transferi borasida takliflar olishda davom etmoqda.
«Ufa» klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov transferi borasida takliflar olishda davom etmoqda.
Ostonni sotib olishi kutilayotgan «Spartak» klubi bosh direktori Shamil Gazizovning aytishicha, «Ufa» 19 yoshli futbolchi transferi borasida 5-6 million evrolik taklif olgan.
«Menga ma'lum bo'lishicha, «Ufa»da O'runov borasida 5-6 million evrolik taklif bor, bu taklif RPL klubidan emas. U hali «Spartak»ka kelmadi, biroq OAVdagi bizga taalluqli raqamlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ular ancha past», — deydi Gazizov.
Avvalroq moskvaliklar klubi O'runov transferi uchun 2 million evro sarflashi, Ostonning «Spartak»dagi maoshi esa yiliga 600 ming evro bo'lishi xabar qilingandi.