«Manchester Yunayted» De Xeaga munosib o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 494
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" "Lester" darvozaboni Kasper Shmeyxelga jiddiy qiziqib qoldi. Mankunianliklar Kasperni David De Xeaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Ispaniyalik darvozabon omadsiz mavsumni o'tkazdi. Avvalroq, "qizil iblislar" "Sheffild Yunayted"da harakat qilayotgan Din Xendersonni ijaradan qaytarishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo, "MYu" Dinning bir necha mavsum yuqori saviyada harakat qilishiga ishonmayapti.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Shmeyxelning "tulkilar" bilan yana 3 yillik shartnomasi bor. Kasperning otasi Peter ham o'z vaqtida mankunianliklar sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!