Benzema hali Messi qila olmagan ishni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 586
«Real» Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida «Alaves»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Karim Benzema penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, frantsiyalik futbolchi 50-daqiqada Marko Asensioning goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, Benzema La liga tarixida barcha 12ta oyda gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan dastlabki futbolchiga aylandi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 11ta oyda gol urgan bo'lsa, barcha 12ta oyda assistni amalga oshirgan. Ammo argentinalik futbolchi iyul oyida o'z hisobiga hali gol yozmadi.
Ma'lumot o'rnida. Ispaniya chempionati uchrashuvlari uzoq yillardan beri ilk marta iyul oyida o'tkazilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!