Mario Balotelli "ko'chada qoldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 591
Italiyaning «Breshiya» klubi o'z hujumchisi Mario Balotelli bilan shartnomani rasman bekor qildi deya xabar bermoqda Transfermarkt portali.
Futbolchi bilan shartnomani bekor qilishni shaxsan klub prezidenti Massimo Chellino xohlagan. Balotellining klub bilan shartnomasi shu yilning 30 iyun kuni o'z yakuniga etishi kerak edi, biroq, klub rahbariyati Mario bilan shartnoma muddati tugashidan bir oy oldin bekor qilishni ma'qul ko'rdi.
Avvalroq, «Breshiya» Balotelliga kompensatsiya pulini to'lashni istamayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!