Oston Urunov: "Evropa Ligasiga chiqishni juda istayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381
Rossiyaning "Ufa" klubining o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston Urunov Boshqirdiston klubi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men o'zimni ko'rsatishni va ko'p o'yinlarda g'alaba qozonishni xohlayman. Men Evropa Ligasiga chiqishni juda istayman. Umid qilaman, shunday ham bo'ladi. "Ufa"da hammasi ajoyib. Barchasi meni qoniqtirmoqda. Yigitlar juda zo'r, ular meni yaxshi qabul qilishdi. Vadim Evseev — yaxshi murabbiy. Menga uning ishlash uslubi yoqadi", -deydi yarim himoyachi Youtube'dagi "Ufa" kanaliga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!