Mertens «Napoli» bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 587
«Napoli» hujumchisi Dris Mertens yaqin orada klub bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
33 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Mertensning amaldagi shartnomasi esa shu oy so'ngida yakuniga etadi.
Hozir tomonlar shartnomaning so'nggi shartlarini kelishib olishmoqda. Bir necha hafta avval Dris «Chelsi» taklifiga rad javobini bergan edi. Shuningdek, unga «Inter» ham qiziqish bildirgan edi.
Belgiyalik futbolchi 2013 yildan beri «Napoli» sharafini himoya qiladi. U Marek Hamshikning natijasini yangilash va «Napoli» tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish uchun bitta gol qoldi. Mertens hisobida 121ta gol mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!