Evropaning so'nggi 20 yillikdagi eng yaxshi hujumchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1493
Angliyaning BBC Sport nashri 2000 yildan keyingi davrda Evropaning eng yaxshi hujumchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazdi.
Ro'yxatga Evropaning eng yaxshi 32 hujumchisi kiritildi. Short-listdan o'rin olish uchun futbolchilar uch mavsumda davomida kamida 20 tadan gol urishi va evropalik bo'lishi kerak edi.
So'rovnoma finaliga Krishtianu Ronaldu va Terri Anri etib keldi. G'alabani esa 54 foiz ovoz bilan Ronaldu qo'lga kiritdi. U finalgacha Rud van Nistelroy, Franchesko Totti va Ueyn Runini ortda qoldirdi.
Ronaldu 2002 yilda («Sporting») boshlangan professional faoliyati davomida 838 o'yinda 626 ta gol urgan. Uning hisobida 5 ta “Oltin to'p” sovrini bor. Shuningdek, u 4 marta Chempionlar Ligasida, 1 bor Evropa chempionatida g'olib bo'lgan.