Xorij nashrlari Avstraliya va O'zbekiston o'yini haqida nimalar yozishmoqda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10316
«Foxsport» nashri terma jamoamizni Avstraliya uchun «qutidagi syurpiriz» bo'ladi,- deya ta'rif bergancha davom etadi:
O'zbekiston guruhda birinchi o'rinni bemalol egallashi mumkin edi, lekin «oq bo'rilar» buni istamagan ko'rinadi. Avstraliyaga O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yin oldidan xursand bo'lishga erta. Bu jamoa Kuperning qo'l ostida qutidagi noma'lum sovg'adek tushunub bo'lmas narsa bo'ladi Uchrashuvning asosiy vaqti katta ehtimol bilan 1 : 1 hisobida yakunlansa kerak. Umuman olganda, bu uchrashuv gollarga boy o'tmaydi. Ikkala jamoa ham o'z imkoniyatlarini yaxshi biladi va matchni ehtiyotkorlik bilan o'tkazishadi. G'alaba qozonish imkoniyati O'zbekiston terma jamoasida biroz ko'proq desak, bo'ladi. Avstraliya hozirda avvalgidek kuchli emas.Avstraliya saytlari (ABC news, va boshqa ko'plab saytlar ochiqchasiga o'z termalarini bu uchrashuvda yaqqol fovorit deya atashmoqda )esa 2011-yildagi 6-0 hisobidagi g'alaba haqida qayta – qayta ta'kidlamoqda. Bu bilan Avstraliya OAV muxlislar ongiga psixolagik ta'sir o'tkazishni istashmoqda.
Futbol matchlarining qanday hisobda yakunlanishini oldindan topishga urunadigan eng mashxur saytlardan biri : «Betingcolsed» aynan shu uchrashuv uchun qiziq bir ma'lumotni e'lon qilgan
Dunyoning etakchi saytlaridan biri «1xbet» saytining mutaxassislaridan biri - erkin jurnalist, bloger Maksim Konovalov bu o'yin haqida o'ziningfikrini bildirdi:
Ikkala jamoa ham o'z guruhlarida 2-o'rinni qayd etishdi va bir xil 6 ochko bilan guruh bosqichni yakunlashdi. Hozirda Avstraliya yuqori darajadagi jamoa emas, lekin O'zbekiston uchun havfli raqib. JCh da ishtirok etgan Avstraliya bilan hozirgisining anchagina farqi bor.
O'zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida jangavor tayyorgarlik bilan bu uchrashuvga etib kelishadi. Ular 3-turda Yaponiya bilan tengma – teng kurash olib bordi. So'nggi daqiqalarda gol urishlari ham mumkin edi. «Oq bo'rilar»ga o'sha kuni omad etishmadi.
Avstraliya esa 3 – turda Suriya bilan juda og'ir o'yin o'tkazdi va omadi ham keldi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkin, O'zbekiston bu o'yinda, albatta, gol uradi va asosiy vaqt mobaynida yutqazmaydi.
Ayni damda Internet olamidatermamiz haqida mana shunday yangiliklar. Nasib qilsa, bu ruknimizni keyingi sonini mag'lubiyatga uchragan Avstaliya terma jamoasi haqidagi xorij matbuotida chiqqan yangi maqolalar bilan yoritamiz.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev