«Manchester Yunayted» himoyachi izlashdan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305
The Sun nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yozgi transfer bozorida chap qanot himoyachi izlamaydi. Chunki, murabbiylar shtabi Brendon Uilyamsga ishonch bildirishni maqsad qilishdi.
19 yoshli angliyalik futbolchi asosiy jamoadagi dastlabki yilidayoq murabbiylarning ishonchini qozonishga erishdi.
Shu yili Uilyams «Manchester Yunayted» klubi bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma imzolagandi.
Uilyams joriy mavsum APLda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!