Omborga o'g'ri tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 412
Rossiya futbol ittifoqi mamlakat milliy jamoasiga tegishli ombordan ekipirovkalar o'g'irlanganini tasdiqladi.
“Huquq-tartibot organlariga murojaat etdik, tergov davom etmoqda. Asosan mashg'ulotlarda ishlatiladigan liboslar o'marilgan. Ammo milliy terma ekipirovka masalasida muammoga yo'liqmaydi, ularga kerakli mahsulotni etkazamiz”, - deyiladi RFI bayonotida.
“Telegram”dagi “Mutko protiv” kanali ma'lumotiga ko'ra, jinoyatchilar umumiy summasi 3,5 million rublga teng buyumlarni o'g'irlashgan. Mazkur voqea mart oyi oxirida, Moskvaning Biryulevo tumanida sodir bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!