Messi «Barselona» tarixidagi eng yaxshi futbolchi emasmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297
Argentinalik futbolchi Lionel Messi "Barselona" safida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritib, turli rekordlarni yangilaganiga qaramay, klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnomada 2-o'rinni egalladi.
"Ranker" fan-sayti orqali o'tkazilgan so'rovnomada Leo hamyurti Diego Maradonaga kichik farq bilan yutqazdi. Eslatib o'tamiz, Maradona 1982-1984 yillarda "Barsa" sharafini himoya qilgan. Shundan so'ng u "Napoli"ga o'tib ketdi.
Kuchli uchlikka Ronaldino kirdi. Shuningdek, top-10dan Yoxan Kroyf, Andres Inesta, Xavi, Karles Puyol, Ronaldo, Dani Alvesh va Luis Suares o'rin olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!