"Chelsi" futbolchisi "A" grandi safiga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188
CalcioNapoli24 nashrining yozishicha, "Chelsi" himoyachisi Emerson yozda "A" Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, "arristokratlar" bosh murabbiyi Lempard futbolchini o'z rejalariga kiritmayapti. "Napoli" esa 25 yoshli Emersonni o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Neapolliklar futbolchiga yiliga 3 million evro maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Ma'lumot uchun, londonliklar Emersonning transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!