Matteus Sancho qaysi jamoaga mos tushishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315
Germaniyalik mashhur sobiq futbolchi Lotar Matteus Jeydon Sanchoni Angliyaga qaytib xato qilishi haqida gapirdi.
«O'ylaymanki, Sancho faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirish imkoniyati juda yuqori. Biroq, men uni «Chelsi» yoki «Man Yunayted» klubiga nima maqsadda ko'chib o'tish niyatida ekanligini tushunmayapman? Bu klublar hatto EChLda ham ishtirok eta olmasliklari mumkin.
Ishonchim komilki, Sanchoga «Bavariya»ning futbolkasi juda yarashadi. U har ikki qanotda ham birdek harakat qila oladi.
Men Djeydonni birinchi marotaba Evro U-17da ko'rgandim. TV orqali Norvegiya terma jamoasiga qarshi o'yinni sportzalda tomosha qilayotgandim. Chap qanot yarim himoyasida ajoyib o'yin namoyish etgan Sanchoni o'yinlarini tomosha qilish uchun sportzaldagi yugurish yo'lakchasida qotib qolgandim», — dedi Lotar Matteus.