Ispaniya futbol federatsiyasi klublarga 500 mln evro miqdorida yordam puli bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306
Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubiales tashkilot koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan holatda ispan klublariga moliyaviy yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.
«Biz moliyaviy tashkilotlar bilan suhbatlashdik. Agar La Liga istasa, birgalikda bu masalani muhokama qilamiz. Hozirda 500 million evro miqdorida kredit taqdim etish borasida ishlayapmiz», — deydi Rubiales.
Avvalroq Angliya futbol ligasi (EFL) klublarga foizsiz kredit ajratish tashabbusi bilan chiqqandi.
26 mart holatiga ko'ra Ispaniyada COVID-19 infektsiyasi bilan zararlangan soni 50 mingga yaqinlashib qoldi, kurbonlar soni 3600 dan oshib ketgan. Yana besh mingdan oshiq kishi sog'ayishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!