Xolandning otasi o'g'lining nima uchun «MYu» o'tmaganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'li nima uchun qishda «Manchester Yunayted»ga o'tmaganini aytib o'tdi.
«Boshqa jamoalarga u qay darajada kirishib ketishini aytish qiyin edi. Balki, yaxshi bo'lishi ham mumkin edi. Biz bu savolga aniq javobni bilmaymiz.
Seni butun jamoa kutayotgan klubga o'tish kerak, faqatgina murabbiy [Sulsher] istayotgan jamoaga emas. Bu eng muhimi. Bundan tashqari, so'nggi 5-10 yilda klub qanday natija qayd etgani va hozir qaysi yo'nalishda ketayotgani ham juda muhim», – dedi Alf-Inge Xoland.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!