Afsonaviy sardorlarni eslab… «Barselonaning sheryurak sardori»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1976
Bu yigit haqidagi hamma ma'lumot va xotiralarni bitta maqola u yoqda tursin, xatto, butun boshli kitobga sig'dirish ham katta muammo tug'dirsa kerak…
Puyol Kataloniyada tavallud topgan. Yoshligidanoq «Barselona» jamoasi yoshlari safida to'p suradi. 18 yoshga to'lganda «Barsa» ning ikkinchi jamoasida to'p tepib yurgan yigitchaga bir nechta grandlar qiziqib qolishadi. U esa hammaga rad javobini beradi. Qaxramonimiz ilk bora 22 yoshida sevgan jamoasi tarkibida debyut o'yinini o'tkazadi… Puyol «Barselona»ning eng og'ir kunlarida asosiy tarkibga olinadi va sabr bilan o'z ishini professional darajada amalga oshirishda davom etadi. 2004-yilda unga shaxsan Ser Alex Fergusson qiziqib qoladi. Puyol «Qizil iblislar»ning taklifiga o'ylab o'tirmasdan yo'q javobini beradi…
2004-yilga kelib esa, u «Barselona» sardori sifatida jamoasini maydonga olib tushishni boshlaydi. Avvaliga Reykard murabbiyligi qo'l ostida «Barselona»da progress kuzatiladi, so'ng Gvardiola davrida bu o'sish o'zining pik nuqtasiga chiqadi. Puyol klublar miqoyisidagi jamiki turnirlarda g'olib chiqadi.
Karles haqida sobiq jamoadoshi Deko shunday xotirlaydi :«U haqiqiy motivator edi. U biz bilan maydonga tushgan uchrashuvlarda deyarli mag'lubiyatga uchramas edik. Uni men o'ynovchi murabbiyga o'xshataman»
Puyolni xatto «Real Madrid»ning ashaddiy muxlislari ham hurmat qilishar, hech qachon uning sha'niga yoqimsiz so'zlar yo'llashmas va hushtaklar bilan qarshi olishmasdi.
U haqida Frank Reykardning jurnalistlarga qarata aytgan mashxur so'zlarini keltirib o'tsak: « Uning yuragi o'rnida sherning yuragi uradi. Siz uning maydonda to'p uchun arslondek kurashganini har kuni ko'rasiz, lekin e'tibor bermaysiz. Ronaldiniyo va Dekoning o'yini doim qarsaklar bilan kutib olinadi, lekin Puyolni doim unutasizlar»
Qaxramonimizmilliy terma jamosini bir asrlik orzularini amalga oshirish yo'lida «Evro 2008» va JCh (2010) da mardonavor o'yin ko'rsatadi! Ayniqsa, Evro 2008 da Germaniya darvozasiga boshi bilan urgan goli o'yin taqdirini hal qilgandi o'shganda…
«Puyol» Ronaldiniyo, Xavi, Iniesta, Messi, David Villa, Anri, Viktor Valdez singari super yulduzlar bilan bir jamoada to'p surgan bo'lsada, jamoaning kiyinish xonasida ham, maydonda ham «avtoritet» futbolchisi bo'lgan. Mehnatkash va engilamas himoyachi ketgandan beri uning o'rnini «Barselona» xali ham to'ldira olmadi. To'ldira olmasa ham kerak. Sababi, Puyoldek sheryurak jangchilar bir asrda faqat bir marta tug'iladi.