Xavi «Barselona»ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2150
«Barselona» klubi yangi bosh murabbiy lavozimi uchun nomzodlar ro'yxatini tuza boshladi. Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Ernesto Valverdening shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakuniga etadi. Hozircha "ko'k-anorranglilar" mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilishmadi.
Demak, ro'yxatdan ayni paytda Qatarning "As-Sadd" klubida o'ynayotgan Xavi Ernandes o'rin oldi. Ispaniyalik futbolchi avvalroq ushbu mavsum so'ngida futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi ekanini aytib o'tgandi.
Shuningdek, «Monako» ustozi Terri Anri va «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger ham nomzodlar safiga kiritilgan.
Marca tarqatgan xabarga ko'ra, Valverde yozda «Barselona»ni tark etadi va klub yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolaydi.