O'zbekiston OTJning Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi kuchli shamol sababli qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12569
Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib turgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari bugun Slovakiya U-21 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi rejalashtirilgani haqida xabar berib o'tgandik. Ammo Antaliya shahrida kuchli shamol esayotgani sababli mazkur o'yin qoldirildi. Ikki terma jamoa rasmiylari bunday noqulay ob-havo sharoitida futbol o'ynamaslikka qaror qilishdi. Endilikda Olimpiya terma jamoasi vakillari keyingi nazorat o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishadi. Mazkur yig'in orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib, jamoani shakllantirish ishlarini olib bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!