KPMG. Jahonning eng qimmatbaho futbolchilari reytingi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5469
KPMG Football Benchmark interaktiv platformasi hozirgi kundagi jahonning eng qimmatbaho futbolchilari reytingini e'lon qildi. KPMG biznes va futbol sohasida tadqiqot olib boradi.
Ushbu ro'yxatni «PSJ» hujumchisi Neymar boshqarmoqda. Uning bahosi 229 million evroga narxlangan. Ikkinchi o'rinda "Pari Sen-Jermen" forvardi Kilian Mbappe qayd etilgan — 215 million evro. Uchinchi o'rin esa «Barselona» sardori Lionel Messiga nasib etgan (203 million evro). "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa kuchli o'nlikka kirmadi.
KPMG Football Benchmark versiyasi bo'yicha jahonning eng qimmatbaho futbolchilari:
1. Neymar («PSJ») – 229 million evro
2. Kilian Mbappe («PSJ») – 215 million evro
3. Lionel Messi («Barselona») – 203 million evro
4. Muhammad Saloh («Liverpul») – 168 million evro
5. Xarri Keyn («Tottenxem») – 151 million evro
6. Eden Azar («Chelsi») – 148 million evro
7. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 129 million evro
8. Antuan Grizmann («Atletiko») – 126 million evro
9. Pol Pogba («Manchester Yunayted») – 119 million evro
10. Filippe Koutino («Barselona») – 118 million evro...
12. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 107 million evro.