Skoulz Igalo haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz nigeriyalik hujumchi Odion Igalo haqida fikr bildirdi.
«30 yoshli yangi futbolchi «Manchester Yunayted»ning «Bryugge» klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda debyut golini kiritganidan xursandman.Ayniqsa, bu voqea uning tashrifini iliq kutib olgan «Old Trafford» stadionida bo'lgani barchani xursand qildi. U haqiqatdan ham raqib darvozasini bosim ostida ushlab turdi. Qolaversa, Igalo ko'p vaqtini o'ynamasdan o'tkazib yuborgani ham uning yaxshi o'yin namoyish etishiga qarshilik ko'rsatmadi. U yanada ko'proq gollar kiritishga va “MYu”ga foyda olib kelishga qodir futbolchi», — dedi Pol Skoulz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!