«Barselona» Bartomeuning maslahatchisini iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeuning maslahatchisi Jaume Masferrer egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bunga so'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yuz bergan mojaro sabab bo'ldi.
Masferrer "I3 Ventures" kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga mas'ul edi. Aynan ushbu kompaniyaga tegishli akkauntlar Bartomeuni qo'llab-quvvatlab, klub futbolchilari Lionel Messi va Jerar Pikeni tanqid qilish bilan mashg'ul bo'lgani oshkor bo'lib qoldi.
Klub vitse-prezidentlari Bartomeuning maslahatchisi iste'foga chiqarilishini istashgan edi. Prezident esa aavvaliga bunga rozilik bermayotgan edi, ammo o'z maslahatchisini iste'foga chiqarishga majbur bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!