Xayrulla Hamidovdan anons: "Ikkinchi o'rin uchun kurash"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349
“Biz pul emasmiz, biz talantlarmiz. UEFA bizni yomon ko'rsa, kimligimizni ko'rsatib qo'yishimiz kerak!”
Pep Gvardiola ta'tildan qaytgan yigitlariga to'g'ri so'zlarni topa bildi. “Vest Hem” bilan kechgan bahsda “shaharliklar” mavsumning eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazishdi.
UEFAning jazosi “ManSiti”ni qaytanga uyg'otgandek tuyuldi.
To'g'ri, “Vest Hem” daraja emas. Jamoa hozirda eng omadsizlardan biri. Haqiqiy darajani isbotlash soati etib keldi – Pep uchun omadsiz o'yingoh “King Pauer”da Brendon Rodjers jamoasini sinovdan o'tkazadi. Ha, bu safar yaqqol favorit – mehmonlar.
Lesterliklarning oxirgi natijalari yomon tomonga qarab ketgan. “Siti” bilan farq to'rt ochkoga etgani etmaganidek, pastdagi klublar yaqinlashib qolishdi. “Lester”ning baxtiga to'rtinchi o'rindagi “Chelsi” yanada nostabil. “Tulkilar”ning 2020 yildagi natijalari yomonlashishiga tayanch zonasida ko'p mehnat qiladigan nigeriyalik Ndidining yo'qligi sabab. Hozircha “ikkinchi Kante” o'rnini yopadigan kuch yo'q “Lester”da. Hatto bugun boshqa variantlari ham o'ynay olmaydi. Rodjers uchun yomon tush...
Xullas, “Real” bilan o'yindan oldin tayyorgarlik ko'rish uchun zo'r imkoniyat – “Lester” uyida uch ochko va ikkinchi o'rinni keyin o'ylamaslik, Zidanga qarshi UEFAdan olingan motivatsiya...
Kechagina hammasi Gvardiola klubiga fojialidek ko'rinayotgandi, bugun stsenariy o'zgarmoqda. Balki Evropa Futboli Uyushmasi rahbari “sitichi”dir, jamoani nihoyat evrokuboklarda uyg'otish uchun shu ishlarni amalga oshirayotgandir, a?!
Mayli, “Real”gacha hali bor, bugun “Lester”ga qarshi o'yinini ko'rib qo'yamiz.
Sharhida o'zim.
Umid qilamanki, Vardi munosib qarshilik ko'rsatadi.
22:30da Uzreport kanalida ko'rishguncha!
Manba: Xayrulla Hamidov telegram kanali