Rasmiy xabar: O'zbekistonlik yarim himoyachi Belorussiya chempionatiga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400
O'zbekistonlik yosh hujumkor yarim himoyachi Shohboz Umarov Belarus Premier Ligasi vakili – Minskning “Energetik-BGU” klubi a'zosiga aylandi.
AGMKning sobiq a'zosi sanaladigan 20 yoshli futbolchi yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. Hamyurtimiz kuni kecha “Smorgon” jamoasiga qarshi kechgan O'rtoqlik O'yinida gol kiritishga ham muvaffaq bo'ldi.
“Energetik-BGU” mart oyida start oladigan Belarus chempionatining ilk turida BATE bilan bahs yuritadi.
Manba: ufa.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!