Manba: Xavi «Barselona» oldiga 8ta shart qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 727
«Barselona» klubi Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavini jamoaga qaytarishni istagan edi. Ispaniyalik mutaxassis esa "ko'k-anorranglilar" rahbariyati oldiga 8ta shart qo'ydi.
Birinchidan, Xavi faqatgina yozda «Barselona»ga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi.
Ikkinchidan, u klubning transfer va sport faoliyati ustidan to'liq nazorat o'rnatishni istadi. Xavi ushbu lavozimlarga Karles Puyol va Yordi Kroyfning tayinlanishini istadi. Shuningdek, u murabbiylar shtabida o'zining akasi Oskarning ishlashini xohladi.
«Barselona» rahbariyati ushbu shartlar bilan tanishgach, Xavi variantidan voz kechib, o'z e'tiborini Enrike Seten nomzodiga qaratdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!