Breaking news! "Manchester Siti" EChLdan ikki yilga chetlashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
UEFA Angliyaning "Manchester Siti" klubini Evropa Chempionlar Ligasining kelasi ikki mavsumda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi.
"Manchester Siti" UEFAni chalg'itgani va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasidan chetlatilgan. Agar "Manchester Siti" Angliya Premer Ligasining kelasi ikki mavsumida Chempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan taqdirda ham 2020/21 hamda 2021/22 yilgi mavsum musobaqalarida ishtirok eta olmaydi.
Ta'kidlab o'tish joizki, "Siti" ushbu qaror yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari Chempionlar Ligasining 2019/20 yilgi mavsum 1/8 finalida Madridning "Real" klubiga to'qnash kelgan.
Manba: www.stadion.uz.