“MYu” Sulsherni o'rniga boshqa murabbiy topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 674
Frantsiyaning “PSJ” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel kelayotgan yozda jamoani tark etib, Evropaning boshqa top klublaridan birida ish boshlashi mumkin.
Le10Sport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi jamoani boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatiga Tomas Tuxelni ham kiritdi.
Manbaning yozishicha, Tuxelga “MYu”dan tashqari “Barselona”va“Bavariya” klublari ham yozda davogarlik qilishi mumkin.
Gap shundaki, “Bavariya” klubi sport direktori Xasan Salixamidjich Tuxel bilan uchrashishga va jamoaning rejalari bilan tanishtirishga ulgurgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!