Mourino Eriksenning «Tottenxem»ni tark etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning "Inter"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu vaziyatda men klubni ayblamayman. Shunchaki, bu voqea 25 yanvar kuni ro'y berishi kerak emas. Jamoa kelgan kunimdan beri Eriksen o'zini professional tutmoqda. 25 yanvar kuni bunday holatga tushib qolish yoqimsiz", - dedi Mourino.
Ushbu mavsumda Eriksen "shporlar" safida 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta assistni amalga oshirdi.
Avvalroq "Inter" Eriksenning transferini 27 yanvar kuni rasman e'lon qilishi haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!