O'zbekiston U-19 terma jamoasi “Metallurg”ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249
Oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.
Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Terma jamoamiz poytaxtda yig'in o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoasi “Metallurg” yoshlari bilan bahs yuritdi va kichik hisobda zafar quchdi.
O'zbekiston U19 – “Metallurg” yoshlari 1:0
Gol: Sardor Etovqo'ziev.
O'zbekiston U-19: Mo'minmirzo Qodirov, Ibragim Ro'ziev, Begzod Shamsiev, Xurshid Ubaydullaev, Jalol Sodiqov, Humoyun Sherbo'taev, Sardor Etovqo'ziev, Javohir Husanov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asadjon Azimjonov, Abdulaziz Abdusalomov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shukron Yo'ldoshev, Yahyoxon Ma'rufxo'jaev, Elnur Turg'unov, Oybek Jo'raev, Doston Tursunov, Davron Anvarov, Farrux Muxtorov, Jamshid Rahmatullaev, Boburshox Sobirov, Azizbek Zokirov, Ruslanbek Jiyanov.