«Bunyodkor» Al Aynga jo'nab ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
Xabaringiz bor, 28 yanvar kuni «Bunyodkor» Osiyo Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida safarda BAAning «Al Ayn» jamoasi mehmoni bo'ladi.
Bugun erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Dubay tomon uchgan «qaldirg'ochlar» u erdan Al Ayn shahriga yo'l olishadi. Jamoamiz Al Ayn shahridagi besh yulduzli «Ayla Grand» mehmonxonasiga joylashadi.
Safarga yo'l olgan futbolchilar ro'yxati:
Abdumavlon Abduljalilov, Sardor Abduraimov, Dilshodbek Ahmadaliev, Davronjon Ergashev, Anvar G'ofurov, G'ulom-Haydar G'ulomov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Jasurbek Jaloliddinov, Sarvar Karimov, Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtazoev, Bahodir Pardaev, Lutfulla To'raev, Hasan Yo'ldoshev, Rasul Yo'ldoshev, Boburbek Farhodov, Vladislav Nuriev, Suhrobjon Yarashev.
Eslatib o'tamiz, «Al Ayn» - «Bunyodkor» uchrashuvi 28 yanvar kuni Al Ayn shahridagi «Hazza Bin Zayed» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:40da start oladi.